Rossiyaning Xersonga zarbasida shifoxona vayron bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 2 iyulga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning bir qancha hududlariga navbatdagi zarba berdi. Shunday qilib, Xersonning artilleriya o‘qqa tutilishi oqibatida mahalliy shifoxonalardan birining binosi zarar ko‘rdi. Bu haqda viloyat harbiy boshqarmasi rahbari Aleksandr Prokudin xabar berdi.

“Dushman hujumi oqibatida tibbiyot muassasasi binosi vayron bo‘lgan, besh nafar bemor va uch nafar hamshira yaralangan”, deb yozdi u Telegram-kanalida.

U jabrlanganlardan besh nafari portlash, miya chayqalishi va shrapnel jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilganini ta’kidladi. Xersonning qayta-qayta o‘qqa tutilishidan keyin yana bir kishi shaharning Korabelniy tumanidagi shifoxonaga yotqizilgan.

Rossiya dronlari 2 iyulga o‘tar kechasi Xarkov viloyatiga ham hujum qildi – viloyat markazining Novobavarskiy tumani va viloyatning Kupyanskiy tumanlari zarbaga uchradi. Xususan, Xarkov shahrida texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, ko‘p qavatli uy, noturar va ma’muriy bino, jamoat transporti bekatiga shikast yetgan. Shaharda qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

Kupyanskiy tumanida ikkita qishloq xo‘jaligi korxonasi hududiga dronlar kelib urilgan, oqibatda omborlar va pichan yonib ketgan. U yerda uch kishi yaralangan.

Dnepropetrovsk viloyatida besh kishi jabrlandi: dron hujumi tufayli Krivoy Rogdagi xususiy korxona binosi va Samarovskiy tumanidagi fermaga zarar yetdi.

Viloyatning Nikopol tumanida artilleriya va FPV dronining hujumidan so‘ng ko‘p qavatli uy, xususiy uy, garaj, xo‘jalik binosi, elektr uzatish liniyasi shikastlangan.

Donetsk viloyatida bir kechada 40 dan ortiq havo hujumi qayd etildi. 

“Konstantinovka, Liman, Dobropole, Sharovoye, Raiskoye va Oleksandrivska mahallalarini dushman o‘qqa tutdi”, deyiladi Favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining ertalabki xabarda.

Bundan tashqari, Odessa viloyatida Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari Izmailovskiy tumanidagi port va sayyohlik infratuzilmasi ob’ektlariga hujum qildi.

Ukraina Harbiy-havo kuchlarining ma’lum qilishicha,  2 iyulga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga zarba berish uchun 4 ta S-300 zenit raketasi va 114 ta drondan foydalangan. Raketalar Kursk viloyatidan, dronlar esa Bryansk, Shatalovo, Kursk, Millerovo va Primorsko-Axtarskdan uchirilgan.

Xabarda aytilishicha, Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari mamlakat shimoli, sharqi va janubida 79 ta dronni urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Xerson Xar'kov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing