Rossiyaning G20 da ishtirok etishga “ma’naviy huquqi” yo‘q – Britaniya TIV

Olam

image

Britaniya Tashqi ishlar vaziri Liz Trass Ukrainada davom etayotgan urush sababli Rossiyaning “Katta yigirmatalik” (G20) yig‘ilishida qatnashishga “ma’naviy huquqi yo‘qligini aytdi. Bu haqda kecha, 19 avgust kuni “Reuters” agentligi xabar qildi.  

"Ukrainadagi urushi sababli Rossiyaning G20 sammitida ishtirok etishga “ma’naviy huquqi” yo‘q", deydi u.

E’tiborlisi, avvalroq Liz Trass agar u Britaniya Bosh vaziri lavozimini egallasa, G20 sammitida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashmoqchiligini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, G20 sammiti joriy yilning 15-16 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin Balidagi “Katta yigirmatalik” G20 sammitida shaxsan ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

Ukrainada Putin G20 sammitiga borsa, Prezident Vladimir Zelenskiy ham Indoneziyaga borishi mumkinligi aytilgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing