Rossiyaning eng keksa kishisi vafot etdi
Olam
−
11 may 2019
10893Rossiyaning eng keksa fuqarosi, ingushetiyalik 123 yoshli Appaz Iliyev vafot etdi.
Bu haqida Ingushetiya rahbari Yunus-Bek Yevkurov ma’lum qilgan.
“Appaz Lorosovich davrlar va avlodlar almashinuvini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan inson edi. Uning 8 farzandi, 35 nafar nevarasi va 20 dan ortiq chevarasi bor. U bilan uchrashganimda doimo sog‘lom va baquvvat, hayotni sevadigan mehribon kishi ekanligiga guvoh bo‘lganman” – deb yozgan Yunus-Bek Yevkurov Instagramdagi sahifasida.
Mamlakat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, dushanba kuni Appaz Iliyev organlar yetishmovchiligi xastaligi bilan og‘ir ahvolda Ingushetiya respublikasi kasalxonasiga yotqizilgan. U komada bo‘lgan. Yunus-Bek Yevkurov juma kuni kasalxonaga tashrif buyurib, bemor haqida uning yaqinlari va shifokori bilan suhbatlashgan.
Appaz Iliyev 1896 yil 1 mart kuni Ingushetiya respublikasi tog‘li Jeyrax tumani Guli qishlog‘ida tug‘ilgan.
LiveBarchasi