Rossiyaning eng go‘zal ayoli aniqlandi
Olam
−
16 avgust 46359 2 daqiqa
Turmush qurgan ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan 25-umumrossiya go‘zallik tanlovi – “Missis Rossiya – 2025” unvoniga Magnitogorskda yashovchi 37 yoshli Yekaterina Semenova sazovor bo‘ldi. Tanlov finali kecha, 15 avgust kuni Moskvadagi “Na Plyuixe” teatr markazida bo‘lib o‘tgan. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Men Magnitogorsk shahridanman, bu Janubiy Ural, Chelyabinsk viloyati. Mening yutuqlarim orasida “Magnitki go‘zali”, “Ural federal okrugi go‘zali ” va “Magnitogorsk marvaridi” kabi unvonlar bor. Bu tanlovlardan keyin men tashkilotchi, sahna rejissyori darajasiga o‘tdim. Bugungi kunda defile (modellarning sahnada, podiumda yurishi) bo‘yicha trener bo‘lib ishlayman. Nafaqat mintaqaviy, balki federal darajada ham ishtirok etib, bosh toj uchun kurashaman, deb juda ko‘p orzu qilgan edim”, deydi Semenova.

Ikkinchi eng muhim unvon – “Gran-pri Missis Rossiya – 2025”ni Samaradan Yuliya Smolyakova qo‘lga kiritgan. Tanlov ishtirokchilari orasida maxsus harbiy operatsiya qahramonlarining rafiqalari, tadbirkor ayollar, shifokorlar, pedagoglar va ko‘p farzandli onalar bo‘lgan. Xususan, ulardan oltitasi to‘rt va undan ortiq farzandni tarbiyalamoqda. Tanlov doirasida 28 ta nominatsiya (“Missis tabassum”, “Missis mehr-shafqat”, “Missis Internet”), bir maxsus nominatsiya – “Missis vatan himoyachisi” hamda besh unvon: birinchi, ikkinchi va uchinchi vitse-missis Rossiya, “Missis Rossiya Klassik” va “Birinchi vitse-missis Rossiya Klassik” taqdim etilgan.
Bu yilgi tanlovda Rossiyaning jami 22 shahridan, jumladan, Ingushetiya, Sevastopol, Kursk va boshqa shaharlaridan 46 nafar ona ishtirok etgan. Eng yosh nomzod Smolenskdan Yuliya Savochkina bo‘lib, u 26 yoshda, eng katta yoshli ishtirokchi esa Nijniy Novgoroddan Marina Saveleva bo‘lib, u 63 yoshda.
“Missis Rossiya” tanlovini “Ayollar sayyorasi” jamg‘armasi prezidenti Alla Markina tashkil etgan. U Moskvada 2000 yildan beri har yili o‘tkazib kelinadi. Tanlovning asosiy g‘oliblari “Womam Star World” jurnalining yulduzli muqovasida chiqish huquqini oladi. 2024 yilgi tanlovda sankt-peterburglik uch farzandning onasi – 40 yoshli Lyudmila Rojneva g‘olib bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Alabama shtatidagi Obern universitetining 22 yoshli hamshira talabasi Abbi Stokard “Amerika go‘zali 2025” tanlovi tojini qo‘lga kiritgandi.
Live
Barchasi