Rossiyaning AQSH harbiylari o‘limida qo‘li bormi? Oq uy munosabat bildirdi

Olam

image

AQSH razvedkasi prezident Donald Trampga Rossiya go‘yoki toliblarga Afg‘onistondagi AQSH harbiylariga hujum qilish evaziga mukofot taklif etgani haqida xabar qilmagan. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Keyli Makinani ma’lum qildi.

“Garchi Oq uy odatda razvedkaning gumon qilgan ma’lumotlari yoki ichki muhokamalarga izoh bermasa-da, Federal tergov byurosi direktori, milliy xavfsizlik maslahatchisi va shtab boshlig‘i tasdiqlashlari mumkinki, prezident va vitse-prezident bu haqda xabardor qilinmagan”, deydi u.

Keyli Makinanining so‘zlariga ko‘ra, Amerika razvedkasi kuniga minglarcha turli ma’lumot taqdim etadi va ular qat’iy ravishda tahlil qilinadi.

Avvalroq “New York Times” gazetasi o‘z manbasiga tayangan holda, Rossiya harbiy razvedkasi go‘yoki toliblar bilan bog‘liq jangarilarga Afg‘onistondagi Amerika askarlariga hujum qilish evaziga mukofot taklif etgani haqida xabar qilgan edi. Nashr hech qanday dalil keltirmagan.

Rossiya TIV amerika harbiylari buyurtma qotilligida rus harbiy razvedkasining aloqadorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yolg‘on deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Oq uy

Baholaganlar

208

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing