Rossiyaliklarga chet elda karta ochish taqiqlanishi mumkin 

Olam

image

Rossiyaliklar uchun boshqa mamlakatlarda Visa va Mastersard xalqaro to‘lov kartalarini ochish cheklanishi mumkin. Bu haqda Davlat Dumasining moliya bozori qo‘mitasi rahbari Anatoliy Aksakov ma’lum qildi. 

Aksakovning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar hozirgi vaqtda chet elga naqd pul bilan chiqishiga to‘g‘ri keladi. 

"Hozircha siz chet elga naqd pul bilan sayohat qilishingiz kerak bo‘ladi, ammo hozir chiqish yo‘li bor - boshqa davlatda karta ochish mumkin. Siz bu imkoniyatdan unumli foydalanishga harakat qilishingiz mumkin. Hattoki maxsus turlar ham bor, jumladan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga. Ruslar boshqa mamlakatlarga sayohat qilganda karta ochishiga ham cheklov quyilishi mumkin, buni tan olaman", deydi u.

Ma’lumot uchun, Visa va Mastersard xalqaro to‘lov tizimlari bir vaqtning o‘zida Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli Rossiyada ishlashni cheklashga qaror qildi. Biroq, barcha Rossiya banklarining Visa va Mastersard kartalari mamlakat hududida ishlashda davom etadi, bunday kartalarga bog‘langan hisobvaraqlardagi mijozlar mablag‘lari to‘liq saqlanib qoladi va mavjud. Ammo transchegaraviy karta operatsiyalari mavjud emas. Bu xorijiy onlayn-do‘konlarda xaridlar uchun to‘lovlar hamda chet elda ushbu kartalardan foydalanish uchun ham amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya turoperatorlari fuqarolarga VISA va Mastercard kartalarini chiqarish uchun O‘zbekistonga turlar taklif qila boshlagandi.

Shuningdek, hozirda Rossiya turoperatorlari fuqarolarga VISA va Mastercard kartalarini chiqarish uchun Armaniston, Qozog‘iston va Turkiyaga turlar taklif qilishni ko‘rib chiqmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing