Rossiyalik jangchi aeroportda sayyohni kaltakladi

Sport

image

Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Larkin Vnukovo aeroportida sayyohni kaltakladi. Bu haqda “Mash” Telegram sahifasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, sportchi erkak sayyohga hujum qilgan. Sayyoh va uning oilasi sportchi va do‘stlariga VIP yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan golf mashinasiga chiqishga xalaqit bergan.

Qayd etilishicha, dastlab tomonlar o‘rtasida og‘zaki nizo kelib chiqqan, biroq keyinchalik Larkin mushtlarini ishlatgan. Jangchi bilan birga aeroport xodimi ham mushtlashuvda ishtirok etgan.

Larkin haydovchi bilan birga hibsga olingan va tushuntirish berilganidan keyin qo‘yib yuborilgan. Shuningdek, Aleksandrning do‘stlari huquq-tartibot idoralari xodimlari kelguniga qadar jo‘nab ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vnukovo Aleksandr Larkin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing