Rossiyalik jahon chempioni YTH oqibatida halok bo‘ldi
Sport
−
04 mart
8886Muay-tay bo‘yicha Jahon chempionatining ikki karra g‘olibi Nikita Chernov Mari Eldagi baxtsiz hodisada vafot etdi. Bu haqda uning murabbiyi Andrey Sobko ma’lum qildi.
Mari El davlat yo‘l inspeksiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2 mart kuni ertalab Zvenigovskiy tumanidagi Vyatka shossesining 26-kilometrida KAMAZ haydovchisi chorrahada sportchi bo‘lgan Volvo rusumli mashinasiga yo‘l bermagan. Shundan keyin to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
“Dahshatli baxtsiz hodisa oqibatida sport ustasi, Rossiya kubogi sohibi, ikki karra Jahon chempionati g‘olibi, uch karra Rossiya chempioni, professional jangchi Nikita Chernov vafot etdi. Nikita murabbiy sifatida ilk marta o‘z shogirdlarini musobaqaga olib ketayotganida halok bo‘ldi. Sen bilan abadiy xotira qoldi, jangchi”, deyiladi xabarda.
Nikita Chernov bilan vidolashuv 4 mart kuni Yoshkar-Olada, 5 mart kuni Krasniye Bakida ota-onasining uyida bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi