Rossiyalik yigit O‘zbekistonda ayanchli o‘lim topdi

3-sahifa

image

Yana bir rossiyalik fuqaro O‘zbekistonda ayanli tarzda vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bugun, 13 mart kuni soat 18:30 da 1995 yilda tug‘ilgan Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Andrey Sh. Mirobod tumani, Buyuk Turon ko‘chasi, 75-uyning yettinchi qavatida joylashgan xonadondan o‘zini pastga tashlab, vafot etgan.

Tekshirish doirasida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Shuningdek, sodir bo‘lgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta rossiyalik jurnalist, “Byulleten kinoprokatchika” jurnali bosh muharriri Aleksandr Nechayev Toshkentdagi kvartiralardan birida o‘lik holda topildi. 

Uning do‘sti va hamkasbi Denis Korsakov jurnalist bilan oxirgi marta 4 mart kuni yozishgan. Nechayev Toshkentda bo‘lib, bu yerga bir necha oy yashash uchun kelgan va aprel oyida Moskvaga qaytishni rejalashtirgan.

6 martdan boshlab Nechayev bilan bog‘lanishning iloji bo‘lmagan. Uning do‘stlari toshkentlik tanishlaridan hammasi joyida yoki yo‘qligini tekshirishni so‘ragan. Ular uy egasi bilan ijaraga olingan kvartiraga kelganida jurnalist o‘lik holda topilgan. O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga ko‘ra, jurnalistning o‘limi  “surunkali yurak-o‘pka yetishmovchiligi, yurakning surunkali ishemik kasalligi”dan kelib chiqqan. Uning tanasi ko‘zdan kechirilganda tan jarohatlari aniqlanmagan. 

Ma’lumot uchun, Nechayev 1986 yil 12 mayda Saratov viloyatining Marks shahrida tug‘ilgan. 2008 yilda Moskvaga ko‘chib o‘tgan. Kino mavzusiga ixtisoslashgan jurnalist Metropolitan Media agentligi tarkibiga kiruvchi Rossiya kino bozori haqidagi “Byulleten kinoprokatchika” tahririyatini boshqargan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing