Rossiyalik tarixchi Estoniyaning hududiy iddaosiga javob berdi

Olam

image

Moskva davlat pedagogika universiteti Tarix va siyosat instituti direktori o‘rinbosari Vladimir Shapovalov Estoniya parlamenti spikeri Xenn Pilluaasning Tartu tinchlik shartnomasining dolzarbligi haqidagi bayonotiga izoh berdi.

Estoniyalik siyosatchi o‘zining yangi yil tabrigida Estoniya va Rossiya o‘rtasidagi chegara belgilangan 1920 yilgi Tartu tinchlik shartnomasi haligacha xalqaro qonunlar asosida amalda ekanligini aytdi.

Shapovalov bunday bayonotlar aslida xalqaro darajada tasdiqlangan Rossiya Federatsiyasi hududiga noqonuniy va asossiz da’volar ekanligini ta’kidladi.

“Estoniyaning da’volari uchun hech qanday tarixiy yoki qonuniy asoslar mavjud emas. Bu holda tarixga murojaat qilish mutlaqo noo‘rin”, degan ekspert.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro hamjamiyat bunday da’volarni qoralashi kerak.

Tartu tinchlik shartnomasi 1920 yilda imzolangan. Unga ko‘ra Sovet Rossiyasi dunyodagi birinchi bo‘lib Estoniya mustaqilligini tan olgan. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida chegara liniyasi ham belgilangan. Shartnomaga ko‘ra, Pskov guberniyasining (hozirgi Pskov viloyatining Pechora tumani). Narova daryosining o‘ng qirg‘og‘idagi hudud Estoniyaga o‘tgan. 1944 yilda SSSR Estoniyani bosib olgach, mamlakat ittifoq tarkibiga qo‘shilgan.

Tartu shartnomasi ikki davlatning yangi chegara shartnomasini haligacha tasdiqlamaganiga sabab bo‘lyapti. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Estoniya

Baholaganlar

293

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing