Rossiyalik sportchilar uchun yana bir tashkilot “eshiklarini yopdi”

Sport

image

Xalqaro basketbol federatsiyasi rossiyalik basketbolchilar va rasmiy shaxslarni tashkilot shafeligidagi barcha musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirdi. Bu haqdagi qaror federatsiya rasmiy saytida e’lon qilindi. 

Qaror Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tavsiyasiga muvofiq qabul qilingan va 3x3 basketbolga ham tegishli.

“Xalqaro basketbol federatsiyasi Ukrainadagi so‘nggi voqealardan juda xavotirda va qurbonlarga chuqur hamdardlik bildiradi”, deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, Xalqaro xokkey federatsiyasi Rossiya va Belarus terma jamoalarini xokkey bo‘yicha xalqaro turnirlardan chetlashtirdi. Yetmaganiga Yevropa gandbol federatsiyasi ham Rossiya va Belarus jamoalari hamda klublariga tashkilot shafeligidagi musobaqalarda qatnashish huquqini bekor qildi.

Xalqaro dzyudo federatsiyasi esa Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni tashkilot faxriy prezidenti va elchisi maqomidan mahrum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, FIFA va UEFA Rossiya futbol terma jamoalari hamda klublarini xalqaro musobaqalardan chetlatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

127

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing