Rossiyalik shaxmatchilar Samarqanddagi olimpiadadan chetlatildi

Sport

image

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Prezidentlar kengashi rossiyalik shaxmatchilarni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etishdan chetlashtirdi. Bu haqda Rossiya shaxmat federatsiyasi ijrochi direktori Aleksandr Tkachyov ma’lum qildi. 

“Jamoalarimiz Jahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etmaydi. Ushbu qaror FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi Vishvanatan Anand tashabbusi bilan kengash tomonidan qabul qilindi. Yaxshiyamki, shaxmatni siyosatdan ustun qo‘yadigan va o‘z martabasi haqida qayg‘uradigan odamlar ham bor. Biroq shaxsiy manfaatlarni birinchi o‘ringa qo‘yadiganlar ham mavjud va hozirda ular kengashda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bu safar ular g‘alaba qozondi”,  deydi Tkachyov.

46-Jahon shaxmat olimpiadasi  joriy yilning 15-27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Rossiya terma jamoasi esa 2026 yil avgust oyida Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan sanksiyalar uzaytirilgani sababli musobaqada ishtirok etmaydi. Shu tariqa, rossiyalik grossmeysterlar jamoaviy musobaqani ketma-ket uchinchi marta o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq jahonning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsen Samarqandda bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasini o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing