Rossiyalik MMA jangchisi qurolli janjalda qatnashdi (video)

Sport

image

Rossiyalik MMA jangchisi Artyom Tarasov Sankt-Peterburg shahri tumanlaridan birida o‘g‘rilar bilan ziddiyatga kirishdi. Janjal 8 avgustga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan va to‘qnashuvda pnevmatik qurol ishlatilgan. 

Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lumotlariga ko‘ra, voqea natijasida 26 yoshli kishi shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, Rossiya jinoyat kodeksining 2-moddasi 213 qismi (bezorilik) bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

“Qarama-qarshi tomon o‘q otishdi. Do‘stlarim, ularni o‘g‘ri ekanliklarini aytishdi. Bir yigit boshidan yaralandi, Ruslan", deya Tarasov "Fontanka" nashri muxbiri bilan suhbatda.

Artem Tarasov so‘nggi jangida Aleksandr Yemelianenkoga mag‘lub bo‘lgan.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

270

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing