Rossiyalik mashhur aktyor Igor Savochkin vafot etdi 

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 17 noyabr kuni Rossiyalik aktyor va teleboshlovchi Igor Savochkin vafot etdi. Bu haqda bugun, 18 noyabr kuni yozuvchi, rejissyor Alesya Kazanseva ma’lum qildi.

“Kecha Igor Savochkin hayotdan ko‘z yumgani haqida hozirgina xabar topdim. Endigina ish boshlagan paytimda menga mehribon bo‘lganlardan biri edi. Igor “Bazelevse”da ishlagan, post-prodyuserlik bilan shug‘ullangan, bizning sohadan tashqaridagilar uni mashhur aktyor sifatida bilishadi”, deya yozdi Kazanseva. U ham “Bazelevse” kinokompaniyasida ishlagan.

OAVga ko‘ra, rossiyalik aktyor o‘limiga saraton kasalligi sabab bo‘lgan. 

Savochkin “Tungi nazorat” (“Nochnoy dozor”), “Admiral”, “Qora chaqmoq”, “Leviafan”, “Kolovrat haqida afsona”, “Anna”, “Kapitan Volkonogov qochib ketdi” kabi filmlarda suratga tushgan. Uning filmografiyasida 90 dan ortiq, shu jumladan xorijiy filmlar ham bor. Savochkin shuningdek, “Fitna nazariyasi” teleko‘rsatuvini ham olib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

346

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing