Rossiyalik xonanda o‘zbekistonlik jarrohni sudga bermoqchi

Olam

image

Rossiyalik xonanda Laboda (Svetlana Laboda) o‘zbekistonlik plastik jarroh uning nomidan foydalangani uchun sudga shikoyat qilmoqchi. Bu haqda “Rambler” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik plastik jarroh rossiyalik xonanda Laboda unga plastik operatsiya uchun murojaat etganini da’vo qilgan. Shuningdek, u xonandaga juda o‘xshash bo‘lgan qizning jarrohlik amaliyoti natijalari namoyish etilgan videoni ijtimoiy tarmoqdagi saxifasiga joylagan.

Jarroh videoni o‘zini reklama qilish maqsadida, xonandaning Instagram saxifasini belgilab joylagan.

Hozir ushbu videoni ijtimoiy tarmoqlardan topish mumkin emas. Ammo Laboda rinoplastika operatsiyasi videosiga ega ekanini aytmoqda.

Svetlana Laboda ushbu vaziyatni shundayligicha qoldirmoqchi emas va bu holatdan juda g‘azablangan.

“Sizga nima deyishga ham hayronman. Advokatlarim allaqachon siz bilan bog‘lanishga kirishishgan. Katta ma’naviy tovon puli tayyorlang!”, deya jarrohga yuzlangan xonanda.

Xonanda bunga o‘xshash ko‘plab plastik operatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan ayblovlarga izoh bermaydi. U faqat ota-onasiga ajoyib irsiyat uchun, fotosuratchilarning esa professional ishlari uchun minnatdorlik bildiradi. Laboda kelajakda tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishi mumkinligini inkor qilmaydi, ammo u bu muddatni iloji boricha kechiktirishga harakat qiladi.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

943

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing