Rossiyalik futbolchi O‘zbekiston fuqaroligini olmoqchi
Sport
−
29 Oktabr 2019
7061Fubol bo‘yicha O‘zbekiston super ligasi ishtirokchisi "Qo‘qon-1912" jamoasi orqali O‘zbekiston chempionatiga kelgan rossiyalik himoyachi Igor Golban O‘zbekiston fuqaroligini olishni istamoqda.
Hozirda "Navbahor" sharafini himoya qilayotgan Igor Golbanning O‘zbekistonga kelib, istiqomat qilayotganiga kelasi yili 5 yil to‘ladi.
Qonunchilikka ko‘ra esa bu unga O‘zbekiston fuqaroligini olishiga imkoniyat beradi.
Tajribali himoyachi O‘zbekiston pasportini olishni mo‘ljallamoqda. Agarda kelasi yili Igor Golban O‘zbekiston fuqaroligini olsa, unda 2020 yildan boshlab O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod futbolchi bittaga ko‘payadi.
Qayd etish kerakki, "Paxtakor" tomonidan qiziqish bildirilgan tajribali himoyachi Igor Golban yaqinda amaldagi jamoasi "Navbahor" bilan o‘rtadagi shartnomani 2023 yilga qadar uzaytirdi.
Ma’lumot uchun, 1990 yilda tug‘ilgan Igor Golban Rossiyaning "Sochi" jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
LiveBarchasi