Rossiyalik diplomatlarni Germaniyadan quvish taklif qilindi

Olam

image

Germaniya Bundestagi deputati, Xristian-demokratlar ittifoqi a’zosi Roderix Kizevetter Rossiya va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlarni yanada keskinlashtirish uchun barcha rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborishni va Berlindagi “Rus uyini” yopishni taklif qildi. Bu haqda “Handelsblatt” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, deputat mamlakatda qolayotgan diplomatlarni chiqarib yuborish, shuningdek, Berlindagi “Rus uyi” va boshqa muassasalarni yopish lozimligini aytgan. Bundan tashqari, u rossiyaliklarga viza berishni taqiqlashni ham taklif qilmoqda.

“Biz Germaniyada qolgan barcha agentlar va diplomatlarni chiqarib yuborishimiz kerak. Shuningdek, past darajadagi agentlarni yollashga qarshi chora ko‘rish lozim”, degan deputat.

Kizevetter, shuningdek, o‘z pozitsiyasini bildirib o‘tgach, asosiy mavzuga qaytgan holda davlat nazoratidagi tashkilotlardan kelayotgan kiberhujumlar tahdidi sezilarli darajada oshgani va Germaniya kiberhujumlarga yetarlicha tayyor emasligini ta’kidlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda mamlakatda Xitoy, Shimoliy Koreya va Eron tomonidan kiberhujumlarning ko‘paygan.

Ushbu bayonot Germaniya Tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful AQSH bilan hamkorlikda Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi ustida ish olib borilayot bir davrda yangradi.

Qayd etish joizki, Kizevetter ilgari ham ko‘plab bahsli tashabbuslari bilan e’tibor qozongan. U o‘z partiyadoshlari fikriga qarshi chiqib, “Shimoliy oqim” gaz quvurlarini tiklashga qarshi bo‘lgan. Germaniya harbiylarini Ukrainaga yuborishni, shuningdek, Ukrainadan kelgan erkak migrantlarni frontga jo‘natishni taklif qilgan. Bundan tashqari, u Isroilga harbiy samolyotlar yuborishni ham ilgari surgan. Kizevetter matbuotda ko‘zga ko‘rinishni xohlaydigan, ammo o‘z tashabbuslari oqibatlarini hisobga olmaydigan shaxs sifatida tanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Berlinga borgandi. Germaniyada harbiy sharaf bilan qabul qilingan Zelenskiy Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan uchrashgan. Vladimir Zelenskiy tashrifi chog‘ida “Germaniyaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi va Rossiya bilan urushda o‘t ochishni to‘xtatish harakatlari”ni muhokama qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Bundestagi Roderix Kizevetter

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar