Rossiyalik diplomatlar Afg‘onistondagi keskinlik sabab O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi

Jamiyat

image_2021-07-12_17-44-02

Rossiyaning Mozori-Sharifdagi Bosh konsulligi diplomatlari Afg‘onistondagi harbiy vaziyatning og‘irlashishi sababli O‘zbekistonga ko‘chirildi. Bu haqda Rossiya Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov mahalliy OAVga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, konsullik xodimlari afg‘on-o‘zbek chegarasi yaqinidagi Xayraton shahrida fuqarolarni qabul qilish ishlarini davom ettiradi. 

“Xayratondagi xavfli vaziyatda xodimlarimiz xavfsizligini xavf ostiga qo‘ymaslik uchun biz ularni vaqtincha O‘zbekiston hududiga olib bordik”, deydi Kabulov.

Shuningdek, diplomat ayni paytda Kobuldagi elchixonada rossiyalik diplomatlarga hech narsa tahdid solmasligini ta’kidlagan.

Qo‘shni Afg‘onistondagi keskinlik

Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat joriy yilning aprelida AQSH Prezidenti Jo Baydenning respublikada Amerika qurolli kuchlarining operatsiyasi yakuniga yetganini e’lon qilganidan so‘ng, ancha yomonlashdi. 

Joriy yilning 6 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 90 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketib bo‘ldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, ItaliyaAvstraliya va Germaniya kuchlari, allaqachon, mamlakatdan chiqib ketgan.

Xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi fonida “Tolibon” harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadida hujumlarni kuchaytirmoqda. Toliblarning ta’kidlashicha, ular ayni paytda Afg‘onistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, harakat kuchlari bir qator qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegarada joylashgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Rasmiy Kobul harakat tarafdorlariga qarshi qarshi hujumlarni rejalashtirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing