Rossiyalik diplomat Microsoft kompaniyasini Ukrainaga yordam berishda aybladi

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin Microsoft korporatsiyasi Kiyevga yordam berganini aytdi. Bu haqda u TASS agentligiga bergan intervyusida gapirib o‘tdi.

“Microsoft nafaqat Rossiyaga qarshi ritorika, balki davlatga zarar yetkazuvchi aniq qadamlari uchun ham qora ro‘yxatga kiritilishi kerak. Bu korporatsiya maxsus harbiy operatsiya boshlangandanoq Kiyev rejimiga kibermudofaasini kuchaytirish bahonasida turli xil yordam ko‘rsatib kelmoqda”, deydi Galuzin.

Uning iddao qilishicha, kompaniya muntazam ravishda Rossiyani Ukraina resurslariga kompyuter hujumlarini uyushtirganlikda ayblaydi.

Galuzinning so‘zlariga ko‘ra, bu bo‘yicha hech qanday dalil taqdim etilmagan. Rossiyaning muhim infratuzilmasiga qarshi tizimli kibersabotaj faktlari esa Microsoft'da yashiringan.

“Bularning barchasi yana bir bor Bill Geytsning kompaniyasi o‘z faoliyatini Amerika Qo‘shma Shtatlarining siyosiy ko‘rsatmalariga muvofiq  qurayotganidan dalolat beradi”, deya xulosa qilgan diplomat.

Ma’lumot uchun, Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng Microsoft o‘z mahsulot va xizmatlarini Rossiyada sotishni to‘xtatishga qaror qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Microsoft

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing