Rossiyalik hamkorlar bilan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqariladi
Jamiyat
−
30 mart 2019
4953Bugun, 30 mart kuni Toshkentda “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Muxtor Karimov Rossiyaning ”Orskiye pritsepы” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori Aleksandr Malishkin bilan hamkorlik masalalari yuzasidan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar tarqatdi.
”Orskiye pritsepы” korxonasi 1969 yildan buyon qishloq xo‘jaligi uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnika va tirkamalar, shuningdek, ”KAMAZ” va ”ZIL” rusumli samosvallarning kuzovlarini ishlab chiqaradi. Korxona konveyerining ishlab chiqarish quvvati yiliga 50 ming tirkama, yarim tirkama, benzovoz va boshqa texnikalarni tashkil etadi. Bu yerda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikalari sifati va eksport salohiyati jihatidan eng mashhur xorijiy analoglardan qolishmasligi tufayli ularga Polsha, Daniya va Boltiqbo‘yi mamlakatlari bozorlarida talab katta.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalar muhokama etildi. Jumladan, ”O‘zagrotexsanoatxolding” AJ va ”Orskiye pritsepы” MCHJ tomonidan ishlab chiqariladigan texnikalarni dilerlik tarmoqlari orqali sotishga kelishib olindi.
LiveBarchasi