Rossiyaga yaqin yana bir davlat NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirishi aytildi 

Olam

image

Hozirda neytral maqomni saqlab turgan Finlyandiya yaqin orada Shimoliy Atlantika alyansiga (NATO) qo‘shilish uchun ariza berishi mumkin. Bu fikrni Finlyandiyaning sobiq Bosh vaziri Aleksandr Stubb DW nashriga bergan intervyusida bildirdi.

“Men Finlyandiya NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berishini bashorat qilaman”, degan u. 

Vazirlar Mahkamasi sobiq rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu, katta ehtimol bilan bir necha kun va haftalarda emas, balki “bir necha oy”da sodir bo‘ladi. 

Stubbning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi urush fonida Finlyandiyada jamoatchilik kayfiyatida tub o‘zgarishlar yuz berdi. 

“Avval respondentlarning 50 foizi qo‘shilishga qarshi bo‘lib, 20 foizi yoqlagan bo‘lsa, hozir 62 foizi yoqlab, 16 foizi qarshi chiqdi”, degan u. 

Sobiq Bosh vazirning eslatishicha, bunday qaror qabul qilish uchun masala parlamentdan o‘tishi kerak. 

“Oxir-oqibat biz NATOga a’zo bo‘lamiz”, deydi u. 

Aleksandr Stubb 1995 yildan beri bunday ssenariy tarafdori bo‘lganini eslagan. Sobiq Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat 1939-1940 yillardagi sovet-fin urushi davridagidek yana “yolg‘iz qolishni” istamaydi. 

“Shuning uchun aholi NATOga a’zo bo‘lish tarafdori”, deya xulosa qilgan u. 

Avvalroq, Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo mamlakat rasmiylari Ukrainadagi voqealar tufayli dunyoda vaziyat o‘zgargan deb hisoblagani uchun NATOga a’zolik masalasini muhokama qilishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, u Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lish tashabbusi Yevropada keskinlashuvning “jiddiy xavfini” olib kelishini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

511

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing