Rossiya niyatiga yetdi: Kanada “Gazprom”ning turbinasini Germaniyaga topshirdi
Olam
−
18 iyul 2022
26008Kanada “Shimoliy oqim 1” orqali gaz yetkazib berishda foydalanilgan ta’mirlangan Siemens turbinasini Germaniyaga yubordi. Bu haqda “Kommersant” nashri yozmoqda.
Nashrning yozishicha, turbina 17 iyul kuni samolyot orqali jo‘natilgan. Germaniyadan texnika paromda Xelsinkiga, u yerdan esa Rossiyaga olib boriladi. Taxminan, u Portovaya kompressor stansiyasiga 24 iyul kuni yetib boradi va ishga tushirilishi yana bir necha kun vaqt oladi.
Shunday qilib, turbina avgust oyi boshida “Shimoliy oqim”ga gaz haydash uchun tayyor bo‘lishi kerakligi aytilmoqda.
“Shimoliy oqim” Rossiya gazini Yevropaga yetkazib berishning asosiy yo‘li hisoblanadi. 16 iyundan boshlab “Gazprom” sanksiyalar tufayli Kanadada ta’mirlangan turbinani qaytarolmayotganini e’lon qildi va quvur orqali gaz yetkazib berishni 40 foizigacha qisqartirdi. Shundan so‘ng, Germaniya istisno tariqasida turbinani qaytarish talabi bilan Kanada hukumatiga murojaat qildi. Ottava Berlinni xafa qilmay, iltimosni bajardi.
Rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari tufayli “Shimoliy oqim” orqali yetkazib berish 11 iyuldan 21 iyulgacha rasman to‘liq to‘xtatildi. Yevropa rasmiylari Rossiya ta’minotni qayta tiklashdan bosh tortishi va sanksiyalarni olib tashlash uchun shantaj qilishdan qo‘rqmoqda. Moskva hozircha buni qat’iyan rad etyapti.
O‘z navbatida, Ukraina Kanada ta’mirlangan turbinalarni Rossiyaga qaytarganiga norozilik bildirdi.
LiveBarchasi