Rossiyaga ketayotgan va kelayotganlar diqqatiga: 11 aeroportda “no fly zone” rejimi uzaytirildi
Olam
−
13 dekabr 2022
6920Rossiyaning 11 ta aeroportida parvozlarni vaqtincha cheklash rejimi joriy yilning 21 dekabrgacha uzaytirildi. Bu haqda bugun, 13 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi havo transporti federal agentligi (Rosaviatsiya) saytida ma’lum qilindi.
“Rossiyaning 11 ta aeroportida parvozlarni vaqtincha cheklash rejimi 2022 yil 21 dekabr, Moskva vaqti bilan 03:45 gacha uzaytirildi”, deyiladi xabarda.
Anapa, Belgorod, Bryansk, Voronej, Gelendjik, Krasnodar, Kursk, Lipetsk, Rostov Don, Simferopol va Elista aeroportlariga parvozlar vaqtincha cheklandi.
Rossiya aviakompaniyalariga Sochi, Volgograd, “Mineralniye Vodi”, Stavropol va Moskva aeroportlaridan foydalangan holda muqobil yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashishni tashkil etish tavsiya etilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Rossiya Federatsiyasining qolgan aeroportlari normal rejimda ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 fevralidan boshlab Rossiya Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya fonida mamlakat janubi va markaziy qismidagi havo hududining bir qismini fuqarolik samolyotlari uchun yopgan edi.
LiveBarchasi