Rossiyaga qarshi 3,5 milliard dollarlik da’vo ochildi
Olam
−
31 mart 2022
12631Dunyodagi eng yirik samolyot lizing beruvchisi “AerCap” Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Rossiyada qolib ketgan 100 dan ortiq samolyotining yo‘qolishini qoplash uchun 3,5 milliard dollar sug‘urta da’vosini taqdim etdi. Bu sug‘urtachilarning Rossiya Federatsiyasidan katta zararlarni undirishni boshlashga birinchi urinishidir. Bu haqda “Forbes” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli mamlakatda umumiy qiymati 10 milliard dollarga teng bo‘lgan 500 dan ortiq samolyotlar to‘xtab qolgan, bu aviatsiya sug‘urtalovchilari va lizing beruvchilariga rekord darajada zarar yetkazishi mumkin. Hisob-kitoblar 5 milliard dollardan 10 milliard dollargacha.
“O‘tgan hafta biz Rossiyada qolgan samolyotlarimiz va dvigatellarimiz uchun taxminan 3,5 milliard dollarlik sug‘urta pullari da’vosini topshirdik”, deydi kompaniyaning moliya direktori Piter Yuxas.
Ma’lum bo‘lishicha, kompaniya urush boshlanishidan oldin Rossiyaga 135 ta samolyot va 14 ta dvigatelni ijaraga bergan, biroq 22 ta samolyot va uchta dvigatelni qaytarishga muvaffaq bo‘lgan. Bu zararni 3,1 milliard dollardan 2,5 milliard dollargacha kamaytirishga yordam bergan.
“Forbes”ga ko‘ra, jahon sug‘urta kompaniyalari ham Ukrainadagi urush tufayli katta hajmdagi to‘lovlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Rossiya samolyotlarining parvozlari to‘xtatilishi tufayli eng ko‘p zararni samolyot sug‘urtalovchilari ko‘radi. Samolyotlarni qaytarib bo‘lmaydigan eng yomon ssenariyda jahon sug‘urta bozori taxminan 5 milliard dollar yo‘qotadi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15