Rossiyaga chet elliklarning kirishi to‘g‘risidagi qonun loyihasi e’lon qilindi

Olam

image

Rossiyada xorijliklarning kirishi va chiqishi, shuningdek, ularning mamlakat hududida bo‘lish shartlarini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi tayyorlanmoqda. Bu haqda kecha, 26 avgust kuni Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.

"Bu sohadagi muammolarni hal qilish uchun kompleks yondashuv zarur. Kirish nazorati, muhojirlarning mamlakatimiz hududida bo‘lish qoidalari – davlatimiz hududidagi xavfsizlik rejimining ajralmas qismidir”, deydi u.

Medvedevning qo‘shimcha qilishicha, joriy yilning sentyabr oyida Xavfsizlik kengashining migratsiya masalalari bo‘yicha katta yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

“Yangi keng qamrovli qonun loyihasi tayyorlanmoqda, u xorijliklarning mamlakatimizga kirishi, chiqishi va bo‘lish shartlarini tartibga solishi kerak”, deydi Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari.

Ma’lumot o‘rnida, aprel oyida chet el fuqarolari va mehnat muhojirlari o‘rtasida huquqbuzarliklar soni ortgan. Yanvar-fevral oylarida mamlakatga kirish qoidalari va bo‘lish rejimini buzish holatlari soni 114 foizga oshgan. Ko‘proq xorijiy fuqarolar o‘rtasida noqonuniy mehnat faoliyati va ayrim faoliyat turlariga cheklovlarga rioya qilmaslik holatlari aniqlangan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

375

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing