Rossiyaga aviaparvozlar sentyabrda tiklanishi mumkin
Jamiyat
−
07 Sentabr 2020
7648O‘zbekistonda joriy yilning sentyabr oyidan boshlab Rossiyaga aviaparvozlar tiklanishi mumkin. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev ma’lum qildi.
“Rossiyaga aviaparvozlar sentyabr oyida tiklanishi ham mumkin. Biroq tushunish kerakki, biz ikki oy davomida karantin joriy etdik. Keyin choralar yumshatildi. Natijada kasallikni yuqtirish holatlari oshib ketdi va biz 15 avgustga qadar navbatdagi karantinni joriy etishga majbur bo‘ldik. 15 avgustdan so‘ng karantin cheklovlari bir muncha yumshatildi va 5 sentyabrdan yana bir qancha faoliyat turlari tiklandi”, dedi Bahodir Yusupaliyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa davlatlar kabi O‘zbekiston ham maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ochmoqda. Respublikadagi keyingi vaziyatni baholash uchun biroz vaqt kerak. Kasallanish holatlari kamaysa, bu aviaparvozlarni tiklash uchun imkon beradi.
Avvalroq agentlik direktori O‘zbekistonda koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida aytgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston xalqaro aviaqatnovlarni mart oyida to‘xtatgan edi.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi