Rossiyaliklarga bank kartalari uchun O‘zbekistonga borish taklif qilinmoqda

Olam

image

Rossiya turoperatorlari fuqarolarga VISA va Mastercard kartalarini chiqarish uchun O‘zbekistonga turlar taklif qila boshladi. Ruslarga O‘zbekistonda chiqarilgan bank kartalari bilan butun dunyo bo‘ylab cheklovlarsiz to‘lov qilish mumkinligi aytilmoqda.

“Vedi Grupp” turoperatori katalogida “O‘zbekistonga Visa uchun” deb nomlangan tur paydo bo‘lgan, narxi 23 ming rubl (215 dollar).

Bu mablag‘ uchun turoperator pul o‘tkazmasini, mehmonxonada joylashtirishni, bankka tashrif buyurishda kompaniya vakilini, bankka hujjatlarni oldindan tayyorlashni, kurerlik xizmatlarini, tibbiy sug‘urtalashni ta’minlaydi. Visa uchun sayohatga Moskva, Yekaterinburg, Qozon va Ufadan borish mumkin.

Bu mablag‘ parvozlar narxini o‘z ichiga olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 martidan boshlab sanksiyalar tufayli xorijda Rossiya banklari tomonidan chiqarilgan VISA va Mastercard kartalari bilan to‘lovlarni qabul qilish to‘xtatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1735

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing