Rossiyadan Tojikistonga uchgan ikki samolyot Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 1 fevral kuni Rossiya shaharlaridan Tojikistonning Xo‘jand shahriga uchgan 2 ta samolyot Toshkent aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Moskva va Yekaterinburgdan “Uralavia” (78 yo‘lovchi) va S7 (187 yo‘lovchi) aviakompaniyalariga qarashli samolyotlar O‘zbekiston aeroportiga yo‘naltirilgan.

Qayd etilishicha, “Ural Airlines”ning Yekaterinburg – Xo‘jand yo‘nalishi bo‘yicha SBP-8955, shuningdek, S7'ning Moskvadan uchayotgan SBI -3241 reysi Toshkent ayeroportiga qo‘ngan.

Qayd etilishicha, bugun Xo‘jandni quyuq tuman qoplagan. Hozir samolyotlar marshrutni davom ettirish uchun qulay ob-havo sharoitini kutmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

916

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing