Rossiyadan rus tilini bilmagan migrantlar chiqarib yuborilishi mumkin

Olam

image

Rossiyadan rus tilini bilmagan migrantlar chiqarib yuborilishi mumkin. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Leonid Slutskiy boshchiligidagi Rossiya Liberal-demokratik partiyasi (LDP) vakillari Davlat dumasiga tegishli qonun loyihasini kiritgan. Unga ko‘ra, agar migrantning vataniga ketishi uchun mablag‘i bo‘lmasa, u o‘z mamlakatining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi hisobidan deportatsiya qilinadi.

“Bizga faqat talab yuqori bo‘lgan, tilimiz va mamlakatimiz tarixini o‘rganishga harakat qilgan mutaxassislar kelishi lozim. Rossiyaga aldov yo‘li bilan kelib, jinoyatchilik bilan shug‘ullanayotgan va o‘ziga hujjatlar sotib olganlar byudjetimizga zarar yetkazmasdan zudlik bilan deportatsiya qilinsin”, deydi Slutskiy.

 LDPdan saylangan deputat Vladimir Sipyagin mazkur qonun loyihasiga o‘z fikrini bildirdi.

“Migrantlarning farzandlari til bilmay maktabga qanday borishini ko‘ryapmiz, chunki ularning ota-onalari Rossiyaga aldov yo‘li bilan kirib, yarim qonuniy faoliyat olib bormoqda yoki mamlakatda qolish uchun hujjat sotib olgan.  Ularni, albatta, deportatsiya qilish kerak. Ushbu migratsiyaning kulrang kanalini, shu jumladan, qonunchilik yo‘li bilan ham berkitish kerak”, deydi deputat.

LDP deputati Jamaladin Gasanovga ko‘ra esa til sertifikati Rossiyada ishchi kuchi sifatida qonuniy bo‘lish uchun kerak. So‘nggi paytlarda mehnat migrantlariga sertifikat berish maqsadida rus tili, Rossiya tarixi va Rossiya Federatsiyasi qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihonlarni soxta qabul qilish holatlari qayd etilmoqda. Uning fikricha, migrantlarni chiqarib yuborish emas, aynan sertifikat beruvchi institutlar ustidan nazoratni kuchaytirish kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya rus tili migrantlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made