Rossiyadan 250 ga yaqin o‘zbekistonlik olib kelinyapti

Jamiyat

image

Bugun, 19 may kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan 250 nafar atrofidagi O‘zbekiston fuqarosi Toshkentga olib kelinadi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.

“Uzbekistan Airways`ning Toshkentdan uchgan reysi 41 nafar rossiyalikni Peterburgga olib keldi. Qaytishda reys O‘zbekiston fuqarolarini olib ketadi. Pulkovo aeroportining onlay tablosiga ko‘ra, samolyot Moskva vaqti bilan 13:30 da uchib ketadi”, deyiladi xabarda.

Uzbekistan Airways xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini qaytarish uchun ham qator charter reyslarni amalga oshirdi. Bugungacha Hindiston, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Rossiyadan o‘zbekistonliklar olib kelindi. Ularning umumiy soni 2 mingdan oshiq.

Rossiyadan charter reysda olib kelingan o‘zbekistonliklar 14 kun muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya charter reys

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing