Rossiyadagi YTHda jabrlangan o‘zbekistonliklar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Rossiyada 23 nafar O‘zbekiston fuqarosini olib ketayotgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchragani, oqibatda o‘ndan ortiq yo‘lovchi jabrlangani haqida xabar bergan edik. Holat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, TMMAning Samara shahridagi vakolatxonasi ushbu holat bo‘yicha tegishli tashkilot vakillari bilan aloqa o‘rnatgan. Natijada yo‘l-transport hodisasi vaqtida avtobusda 23 nafar emas 22 yo‘lovchi bo‘lib, ularning 13 nafari O‘zbekiston fuqarosi ekani ma’lum bo‘lgan. 

YTH oqibatida tan jarohati olgani sabab 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi Nijniy Novgorod viloyati M.Vladimirskiy nomidagi shahar tez tibbiy yordam shifoxonasiga yotqizilgan.

“Ushbu avtohalokat oqibatida tan jarohati olgan yurtdoshlarimizning ahvoli qoniqarli bo‘lgani sababli tegishli tibbiy xizmat ko‘rsatilgandan so‘ng, shu kunning o‘zida ularga shifoxonadan javob berilgan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

301

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing