Rossiyadagi YTHda ikki nafar o‘zbekistonlik yigit vafot etdi

Olam

image

Joriy yilning 3 iyul kuni Rossiyaning Amur viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda marhumlar ro‘yxatda turgan Chig‘atoy mahallasi raisi Kamol Erbo‘tayev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 3 iyul kuni taxminan 07:30 da Amur viloyati Serishev tumanida ikki avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Oqibatda ikki nafar O‘zbekiston, bir nafar Rossiya va bir nafar Xitoy davlati fuqarosi vafot etgan.  

Halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani “Chig‘atoy” MFY Havash qishlog‘ida ro‘yxatda turgan. Ulardan biri 29 yoshli O.M. va ikkinchisi 26 yoshli T.I. bo‘lgan.  Marhumlarning jasadlari ayni vaqtda O‘zbekistonga olib kelinmoqda.

Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi Matbuot xizmatiga ko‘ra, ularning janozasi ertaga, 21 avgust kuni ertalab 09:00 da Chig‘atoy mahallasi Xavash qishlog‘ida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

310

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing