Rossiyadagi YTHda 13 nafar o‘zbekistonlik jarohatlandi
3-sahifa
−
30 iyun 2021 9492 1 daqiqa
Joriy yilning 30 iyun kuni Rossiyaning Volgograd viloyatida “Gazel” yuk mashinasi avriyaga uchrab, ag‘darildi. Oqibatda 13 nafar o‘zbekistonlik jarohat oldi. Bu haqda “Rostbalt.ru” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi Volgograd viloyati Gorodienskiy tumanida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, mashina muhojirlarni dalada ishlash uchun olib ketayotgan bo‘lgan.
Xabarga ko‘ra, dastlab favqulodda vaziyatlar xizmati 8 nafar odam jarohatlangani haqida ma’lumot bergan. Keyinchalik esa ushbu raqam 13 nafarga yetgan.
Ma’lumot o‘rnida, politsiya hodimlari salonda 14 nafar odam bo‘lganini ta’kidlagan.
Diyora Abdurahmonova
Live
Barchasi