Rossiyadagi YTHda o‘zbekistonlik og‘ir jarohatlandi
Olam
−
07 noyabr 2019
2438Rossiyaning Kalinin tumanidagi yo‘l-transport hodisasida O‘zbekiston fuqarosi jiddiy jarohatlandi. Bu haqda Rossiya Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasining Tver viloyati bo‘yicha boshqarmasi xabar berdi.
Davlat avtoinspeksiyasining ma’lumotiga ko‘ra, YTH Tver viloyati Kalinin tumanidan o‘tuvchi M-10 federal trassasining 153-kmda yuz bergan. Moskva tomonga harakatlanayotgan Chevrolet Lanos rusumli avtomobil GAZel Next bilan to‘qnashgan.
YTH natijasida Chevrolet Lanos haydovchisi – O‘zbekiston fuqarosi jabrlangan. Erkak Tver klinik shifoxonasiga yetkazilgan.
LiveBarchasi