Rossiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Jamiyat

image

Rossiyaning Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlarida yashovchi o‘zbekistonliklarga zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bayonot berdi.

Qayd etilishicha, Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlaridagi mavjud vaziyat munosabati bilan zarur ehtiyot choralari ko‘rish, o‘ta zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmaslik, shuningdek, odamlarning ko‘p to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik va jamoat joylariga tashrif buyurishdan cheklanish, shuningdek, ushbu hududlarda tahsil olayotgan talabalar vaqtincha masofaviy o‘qitish formatiga o‘tishi tavsiya qilingan.

“Agar konsullik yordami yoki maslahatlari zarur bo‘lsa, Moskvadagi elchixonaning konsullik bo‘limining kall-markaziga: +7 499 238-36-20, +7-499 230-00-76 raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 6 avgust kuni Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyatiga hujum boshladi. 9 avgust kuni mintaqada federal darajadagi favqulodda holat joriy etildi. 10 avgust kuni Rossiya Federatsiyasi Milliy aksilterror qo‘mitasi Belgorod, Kursk va Bryansk viloyatlarida terrorizmga qarshi operatsiya rejimini joriy qildi. 12 avgust kuni Belgorod viloyatining Ukraina bilan chegaradosh Krasnoyarujskiy tumanida evakuatsiya boshlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing