Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarosiga armiyaga chaqiruv qog‘ozi keldi
Olam
−
12 Oktabr 2022
23397Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarosiga harbiy xizmatga chaqiruv qog‘ozi keldi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasida senzura yoki ta’qibga uchragan mustaqil rossiyalik jurnalistlarning “Astra” loyihasida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, harbiy xizmatga chaqiruv qog‘ozi kelgan Siroj Nabiyevda Rossiya fuqaroligi yoki yashash uchun ruxsatnoma yo‘q.
“Men Moskvada yashayman, lekin hech qachon Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lmaganman. Shunga ko‘ra, men hech qanday harbiy ro‘yxatda tura olmayman. Bu haqda O‘zbekiston elchixonasiga murojaat qilganman, ular menga borib ariza yozishimni aytishdi, shuningdek, hech qayerga bormasligim haqida ogohlantirishdi”, degan Siroj Nabiyev “Astra” loyihasiga.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston elchixonasi Rossiyadagi fuqarolarni hech qanday harbiy harakatlar va unga undaydigan tadbirlarda qatnashmaslik haqida ogohlantirgan. Bundan tashqari, muhojirlikdagi o‘zbekistonliklarga O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasi “Yollanish”ga ko‘ra, xorijiy davlat hududidagi qurolli mojarolarda yoki harbiy harakatlarda qonunga xilof ravishda qatnashish jinoyat hisoblanishi eslatilgan. Ushbu harakatlarni sodir etganlik uchun o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ham xuddi shunday ogohlantirish bilan chiqdi.
Shu bilan birga, Qirg‘iziston va Tojikiston elchixonalari ham o‘z fuqarolarini Rossiya Qurolli Kuchlari tarkibida Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan taqdirda jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirgan.
LiveBarchasi