Rossiyadagi siyosatchilarga vabo keldimi? Jirinovskiy ortidan kommunistlar yetakchisi Zyuganov ham shifoxonaga yotqizildi
Olam
−
12 fevral 2022
6933Rossiya Liberal-demokratik partiyasi Vladimir Jirinovskiy ortidan Kommunistik partiya yetakchisi Gennadiy Zyuganov ham o‘tkir respirator virusli infeksiyaga chalinish belgilari bilan Markaziy klinik shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Kompyuter tomografiyasi o‘pkada zarar yo‘qligini ko‘rsatdi, deydi Davlat dumasi deputati, Kommunistik partiya Markaziy qo‘mitasi kotibi Sergey Obuxov.
"Zyuganov o‘tkir respirator virusli infeksiya belgilari bilan Markaziy klinik shifoxonaning beshinchi binosida yotibdi. Tekshiruvlarga ko‘ra, o‘pkalari toza", deb yozdi u Telegram-kanalida.
Deputatning qo‘shimcha qilishicha, Kommunistik partiya yetakchisi allaqachon ko‘rikdan o‘tgan, “vaziyat normal” va u tez orada shifoxonadan chiqishi mumkin.
“Hammasi yaxshi, ishlayapmiz, ishlaymiz, profilaktikadan o‘tyapmiz, o‘zimning [sabablarim] bor, bir paytlar men og‘ir operatsiya bo‘lganman, shundan keyin tibbiy ko‘rikdan, profilaktikadan o‘tishim kerak, ayniqsa, pandemiya sharoitida”, deydi Zyuganovning o‘zi.
Bemorning qayd etishicha, ayni vaqtda shifokorlar tekshiruvlarni davom ettirmoqda. Zyuganov jurnalistlar bilan muloqotda o‘zining masofadan turib ishlayotganini bildirgan.
Kommunistik yetakchiga ko‘ra, u shifoxonada uzoq qolmaydi.
"Men bu yerda profilaktikadan o‘taman", deb bashorat qilgan siyosatchi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Liberal-demokratik partiyasi (RLDP) yetakchisi Vladimir Jirinovskiy joriy yilning 2 fevral kuni koronavirusning “omicron” shtammi bilan kasallangani tufayli Moskvadagi shifoxonaga yotqizilgandi.
Zyuganov kim?
Gennadiy Zyuganov 1944 yida tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha fizik-matematik. 1980 yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti (KKP) huzuridagi Ijtimoiy fanlar akademiyasini imtiyozli diplom bilan tugatgan.
1966 yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi a’zoligiga qabul qilindi.
1983-1989 yillarda KP Markaziy Qo‘mitasining targ‘ibot va tashviqot bo‘limida ishlagan.
1989-1990 yillarda Partiya mafkuraviy bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimga ko‘tarilgan.
1990 yil iyun oyida KPMK tarkibida Kommunistik partiyani tashkil etish tashabbuskorlaridan biri. U gumanitar va mafkuraviy muammolar bo‘yicha doimiy komissiyani boshqargan. U Mixail Gorbachyovni partiya bosh kotibi lavozimidan chetlatish tarafdori edi.
1992 yil dekabr oyida Gennadiy Zyuganov Kommunistik partiyani qayta tiklash s’ezdini chaqirish bo‘yicha tashabbus qo‘mitasiga qo‘shildi.
Qurultoy Gennadiy Zyuganovni Kommunistik partiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi etib sayladi. 1995 yil yanvar oyida Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasining qurultoyida u partiya markaziy qo‘mitasining raisi etib saylandi (keyinchalik u bir necha bor qayta saylangan, oxirgi marta 2021 yil 24 aprelda).
LiveBarchasi