Rossiyadagi poligonda otishma yuz berdi. Hujumda tojikistonliklar gumonlanmoqda

Olam

image

Rossiyaning Belgorod viloyatidagi poligonda otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda 11 kishi halok bo‘lib, 15 kishi jarohatlandi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, poligonda MDH davlatlaridan birining 2 nafar fuqarosi frontga jo‘nashga tayyorlanayotgan ko‘ngillilarni o‘qqa tutgan.

Vazirlik bu hodisani terakt deb atagan, lekin harbiy poligonga qo‘lida qurol tutgan chet ellik fuqarolar qayerdan, qanday qilib kelib qolganiga izoh bermagan.

“Maxsus harbiy operatsiya”da ishtirok etmoqchi bo‘lgan ko‘ngillilar o‘t ochishga tayyorlanadigan hududda “terrorchilar” shaxsiy tarkibga qarata o‘q uzgan. Oqibatda 11 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi esa jarohatlar bilan shifoxonaga yuborilgan”, deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda hujum sodir bo‘lgan hududda huquq-tartibot organlari xodimlari ishlamoqda.

Rossiyaning bir qancha Telegram  kanallari ushbu otishmani tojikistonliklar sodir etganini yozishmoqda

Ayrim manbalarga ko‘ra, vafot etganlar Bryansk viloyatining fuqarolaridir. Tojikistonlik deb aytilayotgan, hujumni uyushtirgan shaxslarning ikki nafari voqea joyida halok bo‘lgan, biri esa qochib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

877

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing