Mudhish YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning shaxsi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Saratov oblasti Tatishev rayoni hududida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Mazkur YTH yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, kecha, 16 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:20 da Saratov oblasti Tatishev rayoni hududidan o‘tuvchi federal ahamiyatga ega bo‘lgan R-158 “Nijniy Novgorod-Arzamas-Saransk-Issa-Penza-Saratov” avtomobil yo‘lining 580 kmda Polchaninovka aholi yashash punktidan 30 km shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishda Volga-GAZ-3110 avtomobili hamda Hyundai miniven avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Buning oqibatida, jami 9 nafar fuqarolar tan jarohati olgan. Shulardan 4 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. Ma’lumot o‘rnida qayd etish joiz, vafot etgan fuqarolarning ikki nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan. Shuningdek, 5 nafar fuqarolar turli darajadagi tan jarohatlari bilan Saratov shahar viloyat klinik kasalxonasiga yotqizilganlar. Ularning 3 nafari o‘zbekistonlik bo‘lgan.

YTH konsullik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida halok bo‘lgan va jabrlangan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritildi:

Vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari:

Boltabayev Nodir, 1979 yil tug‘ilgan (Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida istiqomat qilgan).

Sobirov Sardorbek, 1997 yil tug‘ilgan (Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida istiqomat qilgan).

Tan jarohati olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari:

Muxamedova Gulorom, 1968 yil tug‘ilgan (Samarqand viloyati Samarqand shahrida istiqomat qiladi).

Ibatov Sunnat, 1989 yil tug‘ilgan (Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida istiqomat qiladi).

Balliyev Isa, 1998 yil tug‘ilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida istiqomat qiladi).

Mazkur holat yuzasidan xuquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, vafot etgan fuqarolarning qarindoshlariga xabar berish va jasadlarini “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK aviatransporti orqali O‘zbekistonga olib kelish hamda tan jarohati olgan fuqarolarga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing