Rossiyadagi migrantlarga endi yanada qiyin

Olam

image

Rossiya Hukumati mehnat migrantlari ishlashi mumkin bo‘lgan sohalarda ularning ulushini cheklashga qaratilgan qonunni qabul qildi. Bu haqda "Rossiyskaya gazeta" yozmoqda

Yangi qonunga ko‘ra, 2020 yilda migrantlarga doimiy bo‘lmagan savdo nuqtalarida, bozorlarda, aptekalarda ishlash, do‘konlardan tashqarida savdo qilish taqiqlanadi.

Alkogol, tamaki savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konlarda chet ellik ishchilar soni korxona umumiy ishchilari sonining 15 %idan oshmasligi kerak.

Sport sohasida esa xorijiy ishchilar soni 25%dan, avtomobil, yuk va yo‘lovchi transportida – 26%dan oshmasligi belgilab qo‘yilgan. 

Qishloq xo‘jaligi korxonalarida migrantlar soni 80%dan oshmasligi kerak. Buryatiya, Amur va Moskva viloyatlarida ushbu sohalarda migrnatlar soni bo‘yicha cheklov yo‘q, lekin Dog‘istonda – 50%li cheklov o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Migrantlar

Baholaganlar

797

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing