Rossiyadagi fojiada 7 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
3-sahifa
−
11 yanvar
17718Rossiyaning Penza viloyatidagi M-5 Ural trassasida yuk mashinasi va mikroavtobus ishtirokidagi sodir bo‘lgan mudhish yo‘l-transport hodisasida yetti kishi halok bo‘ldi. Qurbonlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Penza viloyati boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
YTHda omon qolgan ikki kishining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda, ular shifoxonaga joylashtirilgan.
YTH bugun, 11 yanvar kuni taxminan soat 03:00 da Penza viloyatining Nijnelomovs tumanidagi M-5 Ural federal avtomagistralining 504-kilometrida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan Jac M3 mikroavtobusi haydovchisi qarama-qarshi yo‘lga o‘tib, Volvo yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Hodisa oqibatida mikroavtobusdagi yetti kishi halok bo‘lgan.
“Mikroavtobusni 1981 yilda tug‘ilgan erkak haydovchi boshqarib ketayotgan edi. Moskva shahri tomon harakatlanib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib, 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Volvo yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan”, deyiladi viloyat tergov boshqarmasi xabarida.
YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar haqida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari rasmiy ma’lumot berganicha yo‘q.
LiveBarchasi