Rossiyadagi barcha migrantlarga yagona hujjat — elektron karta beriladi. U haqida nimalar ma’lum?
Olam
−
10 iyul 2021
8609Rossiyadagi barcha migrantlar bir dona hujjat — elektron kartani olishi kerak bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlari vazirligi e’lon qilgan loyihada so‘z boradi.
Quyida ushbu loyihaning eng muhim punktlariga e’tiboringizni qaratamiz.
- Loyiha Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan. U kelasi yildan ishlay boshlaydi.
- Rossiya Federatsiyasida 30 kundan ortiq qolishni istagan barcha chet elliklar ushbu elektron kartani olishi talab qilinadi. Bu hatto sayyohlarga ham tegishli.
- Migrantlar 30-kuni barmoq izlarini topshirishi, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi (OIV va giyohvandlik yo‘qligi bo‘yicha) va shaxsiy guvohnoma olishi kerak.
- Karta rasmiy ravishda migrantning shaxsini tasdiqlaydi. Migrant o‘zi bilan birga milliy pasport olib yurishi talab etilmaydi. Karta 10 yil davomida amal qiladi. Biroq karta olinganidan so‘ng, migrant Rossiya hududida 1 yil davomida bo‘lmasa, karta bekor qilinadi.
- Rossiya hududida bo‘lishning uchta rejimi joriy etiladi: qisqa muddatli, uzoq muddatli va doimiy.
- Rossiyada ketma-ket 30 kundan ortiq yoki yiliga 90 kundan ko‘proq vaqt davomida yashaganda, migrant belgisi bor elektron migratsiya kartasi — qisqa muddatli yashash uchun ruxsatnomani olishi kerak.
- Uzoq muddatli va doimiy yashash uchun ruxsatnoma migrantga erkin ishlash imkonini beradi.
LiveBarchasi