Rossiyada zo‘rlashda gumonlangan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Olam

image

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak ayol kishini zo‘rlashda gumonlanib, qo‘lga olindi. Bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tayanib, “Moskovskiy Komsomolets” xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 29 mayga o‘tar kechasi Sankt-Peterburg shahrida mahalliy aholi vakillaridan biri politsiyaga murojaat qilib, uyidan tashqaridagi hovlida zo‘rlik harakatlarini ko‘rganini xabar qilgan. Aniqlanishicha, hodisa oqibatida bir ayol zo‘rlangan. Jabrlanuvchi keyinchalik shifoxonaga murojaat qilgan va shifokorlarga bo‘lgan voqeani bayon etgan. U shifoxonadan qoniqarli holatda chiqarilgan.

Mazkur jinoyat bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, u na ishlaydi, na Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan. Hozirda unga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 131-moddasi (zo‘rlash) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyada 2 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchisini aldab, o‘z mashinaga o‘tqazib, jinsiy tajovuz qilgani aytilgan O‘zbekiston fuqarosi hibsga olingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing