Rossiyada o‘zbekistonliklardan pora olgan professor 8 yilga qamalishi mumkin  

Olam

image

Voronej davlat texnika universiteti rus tili va madaniyatlar kommunikatsiyasi kafedra mudiri Lyudmila Kovalyova o‘zbekistonlik mehnat muhojirlaridan pora olgan. Bu haqda RIA «Voronej» xabar bermoqda.

Universitet tomonidan tarqatilgan xabarga ko‘ra, professor 6 kishidan 12 ming rubl miqdorida pora olgan.

Voqea 2018 yil noyabr oyida yuz bergan. Kafedra boshlig‘i pora evaziga o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarini og‘zaki imtihonga tayyorlagan hamda ularga test savollarining to‘g‘ri javoblarini bergan. Shundan so‘ng muhojirning imtihon topshirgani haqidagi sertifikatni vositachiga bergan.

Hozirgi vaqtda huquq-tartibot idoralari tomonidan professorga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, Lyudmila Kovalyova 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
 


Maqola muallifi

Teglar

pora muhojir

Baholaganlar

37

Reyting

1.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing