Rossiyada zamonaviy “Moskvich” chiqarilishiga start berildi

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Moskvadagi sobiq Renault zavodida “Moskvich” avtomobillarini seriyali yig‘ish boshlandi. Bu haqda rus matbuoti yozmoqda. Zavodning birinchi yangi modeli krossover bo‘lib, u "Moskvich 3" deb nomlangan. 

Ochilish marosimida Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov, Moskva meri Sergey Sobyanin va “Moskvich” bosh direktori Dmitriy Pronin ishtirok etdi. 

Mashinaning sotuvi boshlanishi 2022 yilning dekabriga rejalashtirilgan.

Sobyanin ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni tarixiy voqea deb atadi.  

“Renault ketganidan keyin ishlab chiqarish to‘xtab qoladigandek tuyuldi. Ammo bu qadam yangi ishlab chiqarishni qayta tiklash uchun turtki bo‘ldi. Bugun Moskva eski Moskvich brendi ostida yangi modellarni chiqarmoqda va bu tarixiy voqea. Umid qilamanki, bir necha yildan so‘ng biz o‘z platformamizda mashinalar ishlab chiqarishni boshlaymiz. Bundan tashqari, liniya elektromobilni o‘z ichiga oladi va biz elektr transporti sohasida katta imkoniyatlarga egamiz. Bu texnologiyaning kelajagi”, deydi Sobyanin. 

“Moskvich 3” krossoveri benzinli turbo dvigatel (1,5 litr, 150 ot kuchi, 210 Nm) bilan jihozlangan


Maqola muallifi

Teglar

Moskvich

Baholaganlar

1343

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar