Farg‘onada “Moskvich” kanalga tushib ketdi (video)
3-sahifa
−
12 aprel
2792Bugun, 12 aprel kuni Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanidagi kanalga “Moskvich” mashinasi tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yozyovon tumanining “Toshhovuz” MFY hududidan oqib o‘tuvchi kanalga “Moskvich” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida tushib ketgani va amaliy yordam kerakligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan va avtotransport vositasi suvdan chiqarib olingan. Avtomobilda haydovchining o‘zi bo‘lgan. Holat oqibatida fuqarolarning tan-jarohati olish va halok bo‘lishi qayd etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida “Volga” rusumli avtomobil Farg‘ona kanalining Oltinko‘l tumani hududidan o‘tgan qismiga tushib ketgandi.
LiveBarchasi