Rossiyada yangi fuqarolik olganlar uchun harbiy xizmat 2 yilga uzaytirilishi mumkin 

Olam

image

Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin muhojirlarni harbiy hujjatlar bilan ro‘yxatga olish bo‘yicha tashabbus tayyorlashni taklif qildi. Bu haqda Davlat Dumasi veb-saytida xabar qilindi.

Bu masala 29 iyul kuni Davlat Dumasi Kengashida ko‘rib chiqilgan. Rossiya fuqaroligiga qabul qilish sharti harbiy xizmatda ro‘yxatdan o‘tish bo‘lishi mumkin, bu Rossiya Federatsiyasi fuqarosi sifatida pasport olish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.

Davlat Dumasi, shuningdek, yangi Rossiya fuqarolari tomonidan harbiy burchni bajarish ustidan nazoratni kuchaytirish tashabbuslari bilan chiqadi. Ular uchun harbiy xizmat muddati ikki yilgacha uzaytirilishi va muddatli harbiy xizmatga chaqirilish yoshi ko‘tarilishi mumkin.

Tegishli tuzatish bahorgi sessiya yakuniga qadar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya harbiy xizmat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing