Rossiyada voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilishda ayblangan o‘zbekistonlik 14 yilga qamaldi
3-sahifa
−
26 iyun
6092Rossiyada voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan o‘zbekistonlik erkak 14 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2023 yilning avgust oyida Kaliningrad shahrining Shevchenko ko‘chasidagi uylardan birining yonida 59 yoshli erkak 11 yoshli qizchani ko‘rib, unga avtobus bekatiga yo‘l ko‘rsatish bahonasida uni mehmonxona tomonga olib borgan. Yo‘lda unga turli xil shahvoniy harakatlar qilishga uringan, so‘ng uning yuzidan tishlab, velosipediga o‘tirib, qochib qolgan.
Jinoyat sodir etgan O‘zbekiston fuqarosi 14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jabrlanuvchining nochor holatidan foydalangan holda jinsiy tusdagi harakatlar qilishda ayblanib, 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Bildirilishicha, sudlanuvchi jinoyatni sodir etishda o‘z aybini tan olmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva shahridagi plyajning birida o‘zbekistonlik erkak ikki nafar voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilganlikda ayblanib, qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi