Rossiyada vafot etgan o‘zbekistonlikning jasadi qaytarildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasida O‘zbekiston fuqarosining vafot etgani, 3 nafar farzandi va opasi qiyin ahvolda qolgani hamda uning jasadini Vatanga qaytarish uchun mablag‘ yo‘qligi sababli yordam so‘ralgani haqida xabarlar tarqaldi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan o‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, 1982 yilda tug‘ilgan, 14 yildan buyon ushbu davlatda yashab kelayotgan fuqaro O.Yo. sog‘lig‘i yomonlashgani oqibatida 2021 yilning 5 sentyabr kuni vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, marhumning qarindoshlari jasadni O‘zbekistonga jo‘natish uchun mablag‘ so‘rab blogerlarga murojaat qilmagan.

Hozirda vafot etgan fuqaro bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalar hal etilib, uning jasadi va qarindoshlari bugun O‘zbekistonga olib kelingani qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

600

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing