Rossiyada vafot etgan talabaning jasadi O‘zbekistonga jo‘natildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetining (RUDN) tibbiyot fakulteti talabasi o‘zbekistonlik O‘lmasxon Baxronov vafot etgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi Moskva shahridagi L.A.Voroxobov nomli 67-son shahar klinik kasalxonasining reanimatsiya bo‘limida avgustdan buyon komada yotgan Baxronovning vafotini tasdiqladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan xabar berishlaricha, elchixona O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning yaqinlariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam bergan va 14 noyabr kuni Baxronovning jasadi O‘zbekistonga yuborilgan. 

“Mazkur vaziyat Elchixonaning doimiy nazoratida bo‘lgan, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘magida yuqori malakali mutaxassislar jalb qilingan, Bosh prokuraturaga tekshiruv o‘tkazishni so‘rab rasmiy so‘rov yuborilgan. Ayni paytda Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan shifokorlarning xatti-harakatiga huquqiy baho berish maqsadida tekshiruv o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda. 

Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod viloyati, Bryansk viloyati, Vladimir viloyati, Voronej viloyati, Ivanovo viloyati, Kaluga viloyati, Kastroma viloyati, Kursk viloyati, Lipetsk viloyati, Moskva shahri, Moskva viloyati, Orlov viloyati, Ryazan viloyati, Smolensk viloyati, Tambov viloyati, Tver viloyati, Tula viloyati, Yaroslav viloyati) va Armaniston hududidagi O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.


Maqola muallifi

Teglar

O'lmasxon Baxronov

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar